
Darstop.uz — O‘zbekistonning birinchi onlayn repetitor qidirish uchun marketplays platformasi. Bizning maqsadimiz — har bir o‘quvchiga eng mos, sifatli va ishonchli o‘qituvchini topib berish. Endi repetitor izlash uchun tanish-bilish, telegram guruhlari yoki e'lon saytlarida sarson bo‘lish shart emas — Darstop.uz orqali bir necha daqiqada online darsga yozilish mumkin.
🧠 Har bir bola o‘ziga mos tarzda o‘rganishi kerak. Biz individual ta’limga ishonamiz.
👩🏫 Sifatli o‘qituvchilar — kelajak poydevori. Shuning uchun platformamizda tutorlarni tanlash jarayoni juda qat’iy.
🔒 Xavfsiz to‘lov va himoya tizimi. Talaba va o‘qituvchi xavfsizligi — bizning birinchi o‘rindagi qadriyatimiz.
📈 Ta’limni modern usulda tashkil qilish. Bolalar faqat o‘qimasin — tushunsin, qiziqsin va rivojlansin.
Bizning platformamiz an’anaviy repetitor qidirish jarayonini tubdan o‘zgartiradi. Endi Telegram guruhlari yoki tanish-bilishlardan so‘rash shart emas — Darstop.uz orqali o‘quvchi o‘ziga mos o‘qituvchini filtrlar yordamida oson topishi mumkin: fan, narx, tajriba, reyting va bepul sinov darsi asosida saralash imkoniyati mavjud. Shu tarzda eng mos o‘qituvchi – eng mos o‘quvchi bilan tezda bog‘lanadi va ta’lim samarali boshlanadi.
Darstop.uz — faqat repetitor topish sayti emas. Bu to‘liq boshqariladigan ta’lim ekotizimi.
Biz bir joyda quyidagi jarayonlarni avtomatlashtiramiz:
| Jarayon | Biz qanday soddalashtiramiz |
|---|---|
| - Darsga yozilish (booking) | - Oson va tez, real vaqt jadval orqali |
| - Online dars | - Zoom integratsiya va avtomatik link |
| - To‘lov | - Xavfsiz & tasdiqlangan usullar |
| - Feedback & reyting | - Ota-ona va o‘quvchi baholashi mumkin |
Bu tizim orqali ota-ona dars jarayonini kuzatadi, o‘quvchi faqat o‘qishga e’tibor qaratadi, o‘qituvchi esa professional faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.
Bizning katta maqsadimiz — O‘zbekiston ta’limini global raqobatbardosh darajaga ko‘tarish. Shuning uchun Darstop.uz quyidagi yo‘nalishlarda ishlaydi:
🎯 Shaxsga mos ta’lim (personalized learning)
🤖 AI va data analytics orqali o‘quvchi progressini kuzatish
🎮 Gamifikatsiya — o‘rganishni qiziqarli qilish
🌎 Online ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish
💼 O‘qituvchilar uchun real digital career yaratish