uz - UZS

Write For Us

We Are Constantly Looking For Writers And Contributors To Help Us Create Great Content For Our Blog Visitors.

Contribute
Onlayn ta'lim bozorida to'g'ri repetitorni qanday tanlash mumkin?
Onlayn o'qish maslahatlari

Onlayn ta'lim bozorida to'g'ri repetitorni qanday tanlash mumkin?


Nov 29, 2025

Bugungi kunda o‘qituvchini topish juda oson — lekin to‘g‘risini tanlash eng qiyin vazifa. Online platformalarda yuzlab tutorlar bor, lekin har biri farzandingiz uchun mos bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchini tanlashda quyidagi 6 bosqich sizga juda katta yordam beradi.


1. Bolangizning ehtiyojini aniqlang

Tutor qidirishdan oldin o‘zingizga savollar bering:

  • Qaysi fan? (Math, English, Quran, Coding…)

  • Maqsad nima? (Imtihonga tayyorlash, boshlang‘ich bosqich, gapirishni rivojlantirish…)

  • Bola qaysi usulda yaxshi o‘rganadi? (Vizual, eshitib, amaliy…)

Agar ehtiyoj aniq bo‘lsa, mos tutor tanlash osonlashadi.


2. Tutor profilini sinchiklab o‘qing

Profil — bu o‘qituvchining "vizitkasi”. 5 ta muhim nuqtaga e’tibor bering:

Narsa Nima uchun muhim?
Tajriba Qancha yil dars bergani
Mahorat sohalari Qaysi yosh bilan ishlay olishi
Metod/approach Dars qanday o‘tishi
Reviews Boshqa ota-onalar fikri
Video introduction Ovoz/tavozun/energiya qanday?

Shunchaki fan bilishi yetmaydi — bolaning psixologiyasini tushunishi ham zarur.


3. Free Trial darsni albatta oling

Aqlli ota-onalar hech qachon to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘laydigan rejimga o‘tmaydi! Avval:
✔️ 1 free trial dars
✔️ 1-1 suhbat
✔️ Bolaning reaksiyasini kuzatish

Darsdan so‘ng boladan so‘rang:

  • "Nima o‘rganding?”

  • "O‘qituvchi bilan o‘zingni qanday his qilding?”

  • "Yana dars qilmoqchimisAn?”

Agar bola "ha” desa — demak, bu to‘g‘ri yo‘l.


4. Tutor bilan aloqa qilish uslubini baholang

Yaxshi o‘qituvchidan quyilarni kutish mumkin:
✔️ Savollarga tez javob berish
✔️ Ota-ona bilan ochiq muloqot
✔️ Darsdan keyin feedback berish
✔️ Rejalarni tushunarli tushuntirish

Agar tutor "faqat darsni olib qo‘yaman” deya yondashsa — bu 50% ishlaydigan tizim.
Bola + Ota-ona + Tutor = haqiqiy jamoa.


5. O‘qituvchidan kichik "Roadmap” so‘rang

Masalan:

"Agar 3 oy davomida dars qilsak, qanday natijaga chiqamiz?”
Agar tutor aniq javob bera olsa — u tajribali. Javob bera olmasa — shunchaki dars beradigan odam.

Roadmapda bo‘lishi kerak:

  • Qaysi haftada nima o‘tiladi?

  • Qachon test qilinadi?

  • Natija qanday o‘lchanadi?


6. Eng muhimi – bola o‘qituvchini his qilishi kerak

Bolalar qalbi bilan his qiladi. Siz kuchlab tutor tanlasangiz — darslar ishlamaydi.

❌ "O‘tir bo‘ldi!”
✔️ "Xohlaysanmi? Yana shu tutor bilan dars qilamizmi?”

Bolaga tanlash huquqini bering — shu bilan uning motivatsiyasi kuchayadi.


Xulosa: To‘g‘ri tutor — yarim g‘alaba

👉 Fan bilimdon bo‘lishi shart
👉 Psixologiyani tushunishi kerak
👉 Darsda ilhomlantira olishi zarur
👉 Ota-ona bilan jamoa bo‘lib ishlashi kerak

Agar shular bo‘lsa — siz to‘g‘ri tanlov qildingiz!